18 +  RSS  E-mail
Рубрика: Ta’lim

13:10, 12 02 2020
Buxoroda viloyat hokimi stipendiyasi joriy etildi

Buxoroda viloyat hokimi stipendiyasi joriy etildi

Viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan iqtidorli talabalarning ilm-fan va ijodkorlikka boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy istiqlol gʻoyalari ruhida tarbiyalashga eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida viloyat hokimi stipendiyasi joriy etildi. Viloyat hokimi stipendiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan Buxoro viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqiyotgan oxirgi ikki kurs […]

- Yana -
12:54, 11 02 2020
Jizzaxda kitobni eng koʻp oʻqiydiganlar “Nexia”, “Spark” mashinasiga ega boʻlishi mumkin

Jizzaxda kitobni eng koʻp oʻqiydiganlar “Nexia”, “Spark” mashinasiga ega boʻlishi mumkin

Odatda kitobni hech kim mukofot olish uchun oʻqimaydi. Kitob oʻqishning oʻzi mukofot. Keyingi yillarda mamlakatimizda kitobxonlik uchun mukofot ham berilayotgani bu xayrli ishga katta ragʻbat boʻlmoqda. Jizzax viloyatida kitobni eng koʻp oʻqiydiganlar uchun “Nexia”, “Spark” mashinasiga ega boʻlish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish […]

- Yana -
10:22, 10 02 2020
OTMlar rahbariyatlari bilan talabalarga stipendiya tayinlash va ragʻbatlantirish masalalari muhokoma qilindi

OTMlar rahbariyatlari bilan talabalarga stipendiya tayinlash va ragʻbatlantirish masalalari muhokoma qilindi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvar Buzrukxonov boshchiligida respublikadagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini  taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor oʻtkazildi. Selektorda talabalarga stipendiya tayinlash, ularni ragʻbatlantirish, shuningdek, grant asosida oʻqiyotgan talabalarga […]

- Yana -
12:32, 05 02 2020
Talabalar tadbirkorlikka bepul oʻqitilmoqda

Talabalar tadbirkorlikka bepul oʻqitilmoqda

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi” viloyat filiali tomonidan joylardagi uyushmagan yoshlar, mahallalardagi ishsiz aholi uchun bepul tadbirkorlik oʻquv kurslari oʻtkazilmoqda. Tashkil etilgan kurslarda 115 nafar tadbirkorlik faoliyatiga qiziqqan tinglovchilar qatnashib, mustaqil biznes faoliyatini boshlash, biznes-reja tuzish, bankda milliy hamda xorijiy valyutada hisobvaraq […]

- Yana -
11:01, 27 01 2020
Chempion sportchi-oʻquvchilar oliy oʻquv yurtlariga davlat granti asosida, imtihonsiz qabul qilinadi

Chempion sportchi-oʻquvchilar oliy oʻquv yurtlariga davlat granti asosida, imtihonsiz qabul qilinadi

2020 yil 24 yanvar kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, 2020 yil 1 fevraldan boshlab olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda gʻolib va sovrindor (1-3 oʻrin) boʻlgan […]

- Yana -
11:02, 24 01 2020
Toshkentda Gertsen nomidagi RDPU filiali ochiladi

Toshkentda Gertsen nomidagi RDPU filiali ochiladi

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkentda Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali ish boshlaydi. Bu borada shartnoma shu yilning 21 yanvar kuni Sankt-Peterburg shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari vakillari hamda  Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti (RDPU) oʻrtasida imzolandi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrepina Shin rahbarligidagi delegatsiyasi, […]

- Yana -

© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.