18 +  RSS  E-mail
Рубрика: Ijod bo’stoni

12:06, 25 07 2019
Sharq rivoyati

Sharq rivoyati

Qadimda bir podshoh boʻlgan ekan. Bir kuni podshoh: — Shahrimni tilanchi va gadoylar bosib ketdi! Shuning uchun, kimda kim tilanchi va gadoyga sadaqa bersa, qoʻllari chopilsin, — deb farmon chiqaribdi. Hech kim gadoylarga sadaqa bermay qoʻyibdi. Kunlardan bir kun, ana shu shaharga karvonini qaroqchilar talagan bir savdogar kelibdi. U: — Yordam bering ey odamlar, qornim […]

- Yana -
13:14, 12 07 2019
Kerakmiz

Kerakmiz

Katta bir hayotga ermakmiz, Senu men goʻsht ila suyakmiz, Ikki dil bir butun yurakmiz, Men senga, sen menga kerakmiz. Oldinda sinovlar hali koʻp, Insonning boshidir goʻyo toʻp, Tushmaslik uchun ham koʻzga choʻp, Men senga, sen menga kerakmiz. Bolalar ulgʻayar, tashvish ham, Bir kelar gohida shodlik, gʻam, Boʻlmasin desak biz koʻzlar nam, Men senga, sen menga […]

- Yana -
11:31, 09 07 2019
Uzoq kutilgan baxt

Uzoq kutilgan baxt

Tarbiyasi chiroyli, diyonatli, goʻzal axloqli qiz bor edi. Qoʻshni yigitning ishqi tushib qizni qoʻlini soʻradi. Qiz bu xabarni onasiga aytdi. Ona bu gapni eshitib, qattiq yigʻlashga tushdi. Chunki shifokorlar: — Qizingiz turmush qursa ham, farzand koʻrolmaydi, u bepusht! Shunday yashab oʻtadi, — deb aytishgandi. Ona bu tashxisni qiziga eslatib: — Qizalogʻim, yigitga rad javobini ber! […]

- Yana -
14:25, 03 07 2019
Tantiq qizning tarbiyasi

Tantiq qizning tarbiyasi

— Assalomu alaykum, onajon. Yaxshigina oʻtiribsizmi? Qizining ovozini eshitib, Mohitob opa oʻqiyotgan gazetasi va koʻz oynagini stolga qoʻyib, koʻrishish uchun qoʻzgʻaldi: — Vaalaykum assalom, qizim. Kela qol, oʻzim oʻrgilay, kelishlaringdan sening… — Salomatmisiz, onajon? Yaxshi oʻtiribsizlarmi? Dadam omonmilar, — Firuza onasini quchogʻidan qoʻyib yubormay soʻrashdi. — Hamma yaxshi. Oʻzing sogʻ-salomatmisan? Bolalaring, kuyov yaxshimi? Qaynona-qaynotanglar yaxshi […]

- Yana -
15:24, 26 06 2019
Kenja kelin

Kenja kelin

Bir keksa ayolning hikoyasi “Mening uch oʻgʻlim bor. Kunlarning birida katta oʻgʻlimning uyiga bordim. Ertalab bomdod namoziga tahorat olish uchun kelinimdan suv olib kelishini soʻradim. Tahorat qildim. Namozimni oʻqidim. Qolgan suvni yotgan oʻrnimga toʻkdim. Kun yorishganda kelinimni chaqirib: — Qizim, nimasini deysiz, endi qarichilik-da! Oʻrnimni hoʻl qilib qoʻydim, — dedim. Uning asablari buzildi. Eng yomon […]

- Yana -
10:56, 20 06 2019
Onamdan qolgan gʻalati esdalik

Onamdan qolgan gʻalati esdalik

(hayotiy hikoya) Bahor keldi. Har gal bahorda meni vijdon azobi qiynayveradi, oʻzimni qoʻygani joy topolmayman. Chunki oʻshanda ham bahor edi. — Oyi, dam olishga bormasangiz boʻlmaydimi, uyda maza qilib oʻtirsangiz-chi? Onamning dam olish maskaniga ketayotgani menga yoqmayotgandi. — Bolam, yoʻllanmaning pulini allaqachon nafaqa pulimdan toʻlab qoʻyganman, sen faqat olib borib, olib kelib qoʻysang boʻldi, — […]

- Yana -

© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.