Odatiy kunlarning birida Yozef K. erta tongda uyqudan uygʻongach, toʻsatdan, oʻzining nimadadir aybdorligi va u hibsga olinishi kerakligini bilib qoladi. Har doimgiday unga nonushta koʻtargan xizmatchi kirishi lozim boʻlgan eshikdan notanish, qop-qora kiyingan kishi tap tortmay bostirib keladi… Frants Kafkaning muxlislari bu voqea «Jarayon»ning boshlanishidagi ilk epizod ekanligini anglagan boʻlsalar kerak. Allaqanday mavhumot bilan boshlangan […]
- Yana -
Kurmakli savdo yoxud etagini tutib ketgan millionlar
0 18J.Q. guruch oldi-sotdisining hadisini olgan, bir necha yillardan beri shu faoliyat bilan shugʻullanib kelardi. Qizigʻi, u savdoning boshini nasiya bilan boshlab qoʻyardi-da, buyogʻida ishi yurishmay qolgan boʻlib chiqardi. U qishloqdagi sholi tegirmonlardan, oʻz tanishlaridan koʻp bora guruchlarni nasiyaga sotib olib, “Qaydasan, Fargʻona?” deb vodiy tomonga yoʻl olgan. Oʻsha yoqda guruch savdosini “qizitgan”. J.Q. nasiyalarni uzogʻi […]
- Yana -
Yon-atrofimizda yana topiladi
0 14Soʻnggi paytlarda bu turdagi jinoyat koʻpayib borayapti. Nima uchun??? Jinoyatning ushbu turini koʻpincha hech qayerda ishlamaydiganlar sodir etishadi. Chunki bekorchi kallada turli xil oʻy-fikrlar, oʻzgaga pand berishdek hayollar koʻp boʻladi. Ammo, bizning zamondoshlarimiz nima uchun aldoqchi, pixini yorgan ayyorlarning tuzogʻiga tushib qolayotir? Axir yuksalib borayotgan mamlakatda yashayotgan har bir fuqaro oʻz haq-huquqini yaxshi bilishi shart […]
- Yana -
Pulning bir uchi bilakda
0 18Pul otani boladan ayiribdi, deyishadi. Pulning bir uchi bilakda, bir uchi yurakda, degan gaplar ham bor. Xullas, shu ikki enlik qogʻoz oʻrtaga tushdimi, munosabatlarga sovuqchilik aralashadi. Ayniqsa, savdo borasida bu gap yana ham aniqroq va jonliroq tus oladi. Fuqaro N.N. tomonidan tegishli organga murojaat boʻldi. Sudgacha borib yetgan ishning mazmuni quyidagicha: daʼvogar N.N. tumandagi buyum […]
- Yana -
Noqobil oʻgʻilning dastidan…
0 14Yoshi yetmishga yaqinlashib qolgan ota oʻgʻliga pichoq urdi. Nainki oʻgʻliga, uning yonida kelgan qandaydir ayolga ham… Bunga otani oʻgʻilning noqobilligi majbur qildi. Ota or-nomusdan qattiq oʻrtandi. Chunki uning yoshidagi tengqurlari ayni paytda nevaralar tarbiyasi bilan andarmon boʻlishadi yoki mahalla guzarida chaqchaqlashib oʻtirishadi. Ammo ota sudning qora kursisida oʻtiribdi. Oʻgʻlini yelkasida koʻtarib yurgani koʻz oldiga keldi… […]
- Yana -
Firib berganning kosasi oqarmaydi
0 15Hayotda shunday insonlar boʻladiki, umrining eng navqiron va goʻzal damlarini panjara ortida oʻtkazishga majbur boʻlishadi. Endigina 23 yoshga kirgan F.M. ham ana shunday kimsalar sirasidan ekan. U dastlab jinoyatga qoʻl urganida yigirma bahorni qarshilagan yigit edi. Qilmishlari uchun ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uch yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. […]
- Yana -