18 +  RSS  E-mail
9:21, 20 04 2020

Poytaxt mahallalarida savdo yarmarkalari


Dehqon bozorlaridan uzoqda yashaydigan aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida bugun poytaxtimizning oʻnlab mahallalarida koʻchma yarmarkalar tashkil etildi.

Jumladan:

— Sergeli tumanining “Daryo boʻyi”, “Quruvchilar”, “Xonobod” va Nilufar;

— Olmazor tumanining “Shon shuhrat”;

— Uchtepa tumanining Jurjoniy;

— Mirzo Ulugʻbek tumanining Avayxon;

— Yashnobod tumanining “Oʻrta masjid” mahallalari;

— Chilonzor 20-mavzelarida roʻzgʻor uchun kundalik muhim mahsulotlar kartoshka, piyoz, yogʻ, tuxum, un, guruch, goʻsht savdosi tashkil etildi.

Eʼtiborli jihati mazkur mahsulotlarning barchasi dehqon bozorlaridagi “Elga xizmat” rastalaridagi arzonlashtirilgan narxlarda sotildi.

Aholi uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish va ularning salomatligi hamda hayoti xavfsizligini taʼminlash maqsadida qilinayotgan bunday tadbirlar muntazam davom etadi.

Keyingi xabarlarimizda navbatdagi mahallalarning manzillari haqida maʼlumot berib boramiz.

Hurmatli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari, Siz uchun yaratilayotgan qulaylik va sharoitlardan unumli foydalaning.

Uyda qoling va oʻzingiz hamda yaqinlaringiz salomatligi va hayoti xavfsizligini saqlang.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.