
Rivojlanayotgan mamlakatlarda 75 foiz ish oʻrinlari koronavirus pandemiyasi tugashi bilan robotlar bilan almashtiriladi. Bunday bashorat Amerika Banki tomonidan oʻtkazilgan “Covid-19 — oʻn yildan keyin” tadqiqotida keltirilgan.
Avtomatlashtirish Meksikaga eng koʻp taʼsir qiladi, deb taxmin qilinmoqda. Bu mamlakatda yoʻqotishlar 80 foizga, eng kami Rossiyada 60 foizga yetishi mumkin, deb yozadi “Izvestiya”.
Shuningdek, Amerika Banki ekspertlari inqiroz davrida qabul qilingan moliyaviy choralar va iqtisodiy oʻsish surʼatlarining pasayishi Braziliya, Janubiy Afrika va Turkiya kabi katta davlat qarzi va zaxiralari darajasi past boʻlgan mamlakatlarga eng katta taʼsir koʻrsatadi, deb hisoblashadi.
Ayni paytda, ushbu bozorlarda sarmoyadorlar uchun ham imkoniyatlar mavjud, deyiladi tadqiqotda.