18 +  RSS  E-mail
15:01, 18 04 2020

Ish haqidan berilmay qolgan 46 million soʻm qarz tez kunda qoplanadi


“FERZ” firmasi bizni mehmonxona qurilishida ishlatib, haqimizni bermayapti. Firma bilan shartnomamiz bor. Ammo Buxoroda bizni hech kim tinglamayapti. Bola-chaqamiz och, uyda yeguligimiz yoʻq. Haqimizni undirib berishlarini soʻraymiz”. Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan navbatdagi videomurojaatda shunday deyiladi.

Ayon boʻlishicha, masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “FERZ” qurilish–pudrat korxonasi OOO “METRIC VENTURES” deb nomlangan xorijiy investorlik kompaniyasining buyurtmasi asosida Buxoro shahrida yirik mehmonxona qurilishini olib bormoqda. Pudrat korxona unda yollanma ishchilar kuchidan foydalanib, bir necha oʻnlab ishchilarni oʻzaro kelishuvga binoan qurilishga jalb qilgan. Ish haqlari loyiha boʻyicha bajarilayotgan ish hajmiga qarab bosqichma-bosqich berib borilmoqda.

Ammo oxirgi oyda, aniqrogʻi, shu yil 11-12 aprel kunlari “FERZ” buyurtmasiga asosan qurilishga jalb qilingan 8 ta brigadaga jami 79 million soʻm ish haqi toʻlab berilgan.

Misol uchun, brigadir-ish yurituvchilardan biri Jasurbek Saidov bajarilgan ish hisobidan qoʻl ostidagi ishchilarga yetkazish sharti bilan shu yil 11 aprelda 8 million 351 ming soʻm avans hisobidan ragʻbat pulini olgani toʻgʻrisida tilxat ham yozib bergan. 

Hozirda qurilish-pudrat korxonasining ishchilar ish haqidan 46 million soʻm qarzi saqlanib qolmoqda. Muammoni tez kunda bartaraf etish maqsadida “FERZ” MChJ rahbari N.Qosimov tomonidan xorijiy investorlik kompaniyasi, yaʼni buyurtmachi OOO “METRIC VENTURES” ijrochi direktori Sandip Dubey janoblari nomiga loyihaning bajarilgan qismida amalga oshirilgan qurilish ishlari uchun hisob-kitobni vaqtida amalga oshirishni soʻrab shu yil 10 aprel kuni quruvchilar ish haqi uchun 150 million soʻm mablagʻ soʻralgan. Ana shu murojaat investor tomonidan qondirilsa, yuqorida ijtimoiy tarmoq orqali chiqish qilgan quruvchilar guruhining talabi toʻliq qanoatlantiriladi.

Buxoro shahar hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.