18 +  RSS  E-mail
13:35, 12 03 2020

Kelajagimiz yoshlar doimo eʼtiborda


Yurtimizda yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.

Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tomonidan respublikamizda bu borada olib borilayotgan ishlarga munosib hissa qoʻshish maqsadida hududdagi oliy va oʻrta taʼlim muassasalaridagi yoshlar bilan doimiy ravishda davra suhbatlari va uchrashuvlar oʻtkazib borilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Boshqarma xodimlari tomonidan Xiva shahridagi “Prezident maktabi” hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabida tahsil oluvchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida viloyat IIB xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan yoshlarga yurtimizda olib borilayotgan islohotlarni tushuntirish bilan birga ingliz tilida “mahorat darsi” oʻtkazildi.

Baxs va munozaralarga boy boʻlgan uchrashuvlar yakunida “Prezident maktabi” hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari uchun Xorazm viloyati IIB xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan jahon va oʻzbek adabiyoti vakillari badiiy asarlari sovgʻa qilindi.

Xorazm viloyati IIB xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.