18 +  RSS  E-mail
11:32, 11 03 2020

Londonda Nazarboyevning nabirasiga tegishli hashamatli uylar xatlandi


Oʻtgan yil Londonda hashamatli koʻchmas mulk xatlangan. Kecha London Oliy sudining sud’yasi, ikkita hashamatli uy va bitta xonadonning kimga tegishli ekanligini oshkor qilishga ruxsat berdi, garchi egalari eʼtiroz bildirishgandi.

 Maʼlum boʻlishicha, mulk Qozogʻiston Senati raisi Dariga Nazarboyevaga (millat rahbarining toʻngʻich qizi), uning oʻgʻli Nurali Aliyevga va uning rafiqasi Aida Aliyevaga tegishli. Buyuk Britaniya hukumati nufuzli oila aʼzolariga ikkita uy va xonadon uchun toʻlangan 100 million dollardan oshiq pulning qonuniy kelib chiqishini isbotlash majburiyatini yukladi.

Endi Nazarboyev-Aliyevlar oilasi sudda ularning mol-mulki xatlanishiga qarshi chiqishmoqda.

“Mulk Niderlandiyaning Antil orollari, Panama va Angliyaning chet eldagi Angil’ya hududidagi uchta offshorda roʻyxatga olingan. Jinoyatchilikka qarshi kurash Milliy agentligi (NCA) tergovchilariga koʻra, uylar Nurali Aliyevning otasi va Dariga Nazarboyevaning sobiq eri Raxat Aliyevning jinoiy daromadlari evaziga sotib olingan”, — deyiladi nashrda.

Agar Elbasi qarindoshlari sudda kapitallarining kelib chiqishi qonuniyligini isbotlay olmasalar, mulk kimoshdi savdosida sotiladi va mablagʻlar Angliya xazinasiga tushadi. Nazarboyev-Aliyevlar jinoiy javobgarlikka tortilishi esa Buyuk Britaniya sudining vakolatiga kirmaydi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.