18 +  RSS  E-mail
11:13, 06 03 2020

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Jizzaxlik fuqarolarni bepul kasbga oʻqishga taklif qildi


Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni kasbga yoʻnaltirish markazlariga oʻqishga taklif qilmoqda.

Kasbga yoʻnaltirish markazi quyidagi manzilda joylashgan:

Jizzax shahridagi Jizzax arxitektura va qurilish kollejida gʻisht teruvchi, keramik plitalar (kafel) terish, suv, gaz, issiqlik tizimi va kanalizatsiya quvurlarini montaj qilish (santexnika), temir beton, koʻtarma kran boshqaruvchisining yordamchisi yoʻnalishlarida;

Yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv-kurslari 1 oydan 3 oygacha davom etadi va yakunida sertifikatlar beriladi.

Oʻquv-kurslarida bepul oʻqish istagidagi fuqarolar hududidagi tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlaridan ishsizligi haqida maʼlumotnoma olib kelgan taqdirda, har bir fuqaro uchun Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan 4 bazaviy hisoblash miqdoridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

Maʼlumot uchun: +99871 202 33 55 (ichki raqam 59)

E-mail: a.ergashev@migration.uz

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.