18 +  RSS  E-mail
11:15, 06 03 2020

Bogʻdorchilik va issiqxona qurish uchun moliyaviy yordam beriladi


Vazirlar Mahkamasining “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi mablagʻlari, tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb etilgan kreditlar bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha moliyaviy manbalari etib belgilandi.

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha moliyaviy manbalari intensiv bogʻ barpo etish va issiqxona qurish hamda ularni lizing va kredit shartlari asosida berish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadlariga yoʻnaltiriladi.

Loyiha tashabbuskorlariga barpo etilgan intensiv bogʻ va qurilgan issiqxonalar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq lizing va kredit shartlari asosida beriladi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.