18 +  RSS  E-mail
11:21, 05 03 2020

“Oʻzbektelekom” AK dunyo boʻylab mashhur Internet xizmatlarini mahalliylashtirish haqida maʼlum qiladi


UZTELECOM — raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratuvchi va mamlakatdagi barcha Internet foydalanuvchilari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratuvchi milliy operatordir.

Kompaniyaning maʼlumotlarni qayta ishlash bulutli markazi negizida Internet xizmatlarini taqdim etadigan dunyodagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda

IT-gigantlarining server uskunalari va koʻplab xizmatlari mahalliylashtirildi.

Bu butun Oʻzbekiston uchun muhim bir voqeadir. Yirik internet xizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliylashtirish Internet foydalanuvchilari ushbu xizmatlar tomonidan taqdim etiladigan audio va video kontentlarni, dasturiy taʼminot va boshqa kontentlarni yuklab olish tezligini oshirishga yordam beradi.

Loyihani amalga oshirish quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

barcha yirik internet xizmatlarining ishini tezlashtirish va ushbu xizmatlarning har qanday soʻroviga tezroq javob berish;

kontentni yuklab olish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish va bu orqali foydalanish samaradorligi oshirish.

Xizmatlarning mahalliylashtirilishi tufayli barcha Internet foydalanuvchilari maʼlumotlarni tezroq olish va yuklab olish imkoniyatiga ega boʻladilar. “Ping” koʻrsatkichi kamroq boʻladi, yaʼni xizmatlarga boʻlgan har qanday soʻrovga javob/maʼlumotlar olish transmilliy tarmoq orqali amalga oshiriladi va bunda foydalanuvchining soʻroviga javob olish vaqtini qisqartiradi.

Oʻzbekiston hududida xizmatlarning mahalliylashtirilishi xalqaro Internet kanalini sezilarli darajada yengillashtirishi ham muhim omillardan biridir. Bu Oʻzbekistonning barcha operatorlari va provayderlariga abonentlar uchun yanada arzon va tezkor takliflarni taqdim etish imkonini beradi.

Shu munosabat bilan respublikaning operatorlari va provayderlari uchun CDN serverlaridan foydalanish imkoniyati boʻlgan UZ-IX tarmogʻining piring tarmogʻi xizmatlari uchun maxsus tariflar ishlab chiqilgan va bu orqali operatorlar va provayderlar oʻz abonentlariga mahalliylashtirilgan Internet xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi. Shuni taʼkidlash joizki, belgilangan narxlar xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali xalqaro Internet-kanal xizmatlari narxidan sezilarli darajada, yaʼni 2-3 baravar past va bu piring tarmogʻiga ulangan respublika operator va provayderlar uchun oʻz abonentlariga jahon darajasidagi eng yaxshi xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi.

“Oʻzbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi aholi, biznes, davlat idoralari, shuningdek Oʻzbekistonning operatorlari va provayderlari uchun rivojlangan raqamli operatorga aylanishga harakat qilmoqda. Kompaniya oldida turgan asosiy vazifa — keng doirada qoʻllash mumkin boʻlgan zamonaviy raqamli infratuzilmani taqdim etishdir. “Oʻzbektelekom” AK mamlakatimiz iqtisodiyotini raqamli transformatsiyasi uchun qulay vosita va ishonchli poydevor hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.