18 +  RSS  E-mail
10:10, 27 02 2020

Anbar bibi kim boʻlgan?


Zangi otaning ahli ayollari Anbar bibining asli ismi Rayhona boʻlgan. Qizlari Qorasochning esa asl ismi Oyjon edi. Vafotlaridan soʻng ikkovlari bir qabristonga dafn qilingan. Anbar bibi maqbarasi XV asr boshlarida qurilgan. Maqbara aslida ulugʻ ayolning nomi uchun bunyod etilgan boʻlib, Anbar bibi nomi tarixda “Mehribon va sahovatli ulugʻ ona” timsolida muqaddas sanalgan.

Maqbarani Amir Temur oʻz davrida uning ulugʻligini hisobga olib, Zangi ota maqbarasi kabi mahobat bilan bunyod etishga buyurgan. Maqbaradagi xilxonalarda joylashgan qabrning biriga Anbar bibi va ikkinchisiga Sulaymon Hakim ota Boqirgʻoniyning onasi dafn etilganligi aniqlangan.

Anbar bibi maqbarasining hozirgi kungacha asl qiyofasi deyarli saqlangan. Uning qadimgi gumbazi qayta tiklanib, umumiy koʻrinishi taʼmirlangan.

Ayni paytda Anbar bibi maqbarasi Zangi ota majmuasi tarkibiga tarixiy arxitektura yodgorligi sifatida kiritilgan.

Toshkent viloyati hokimligining axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.