18 +  RSS  E-mail
13:52, 26 02 2020

“Samarqand — Toshkent — Sank-Peterburg” yoʻnalishida dastlabki avtobus yoʻlga chiqdi


25 fevraldan boshlab ushbu yoʻnalishda muntazam avtobus qatnovi oʻz faoliyatini boshladi.

Soat 09:00 da Samarqand avtovokzalidan yoʻlga chiqqan avtobus “Toshkent” avtovokzalidan qoʻshimcha yoʻlovchilarni olib, Sankt-Peterburg tomon yoʻl oldi. Sankt-Peterburg markaziy avtovokzaligacha davom etadigan yoʻnalish qatnov masofasi 4436 kilometrni tashkil etadi.

Yangi yoʻnalishdagi chipta narxi Samarqanddan 840 000 soʻm Toshkentdan esa 800 000 soʻmni tashkil etadi. Yoʻnalishda Oʻzbekiston tomonidan “Uzautotrans service” MChJ va Rossiyaning “TTK GLOBUS” MChJ korxonalari yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi, deb xabar beradi

Transport vazirligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.