18 +  RSS  E-mail
13:48, 26 02 2020

Jizzaxda kilogrami 8 ming yevro turadigan zaʼfaron plantatsiyalari barpo etiladi


Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Italiyaning OPERA SRL shirkati zaʼfaron plantatsiyalarini yaratmoqchi. Bu haqda shirkat prezidenti Paolo de Anjelis Oʻzbekistan savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

Italiyalik tadbirkor taqdim etgan loyihaning dastlabki qiymati 20 million dollarni tashkil etib, u 400 gektar yerda zaʼfaron oʻsimligini yetishtirishga moʻljallangan.

Zaʼfaron gulsafsarlar turkumining Crocus navi Crocus sativus L turi takribiga kiradi.

Dunyo boʻylab Crocus‘ning deyarli 85 turi tarqalgan, lekin Crocus sativus L Hindiston, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Afgʻoniston, Ozarbayjon va Oʻzbekistonda, shuningdek 90 foizi Eronda yetishtiriladi.

Zaʼfaron bugungi kunda farmatsevtika va parfyumeriya sohalarida haridorgir. 1 kilogramm zaʼfaronning xalqaro bozorda narxi 8 mingdan 30 ming yevrogacha turadi. Albatta sifatidan kelib chiqib, deb xabar beradi Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.