18 +  RSS  E-mail
12:39, 24 02 2020

Sahovatsiz bu gʻaribdur


Rossiyalik qizaloq ogʻir dardga chalingan ekan. Unga dunyodagi eng qimmat ukol sotib olish kerak boʻlgan. Ukolni narxi bizning pulda 24 milliard soʻm turar ekan. Anyaning ota-onasi ijtimoiy tarmoqlarda xayriya aktsiyasi oʻtkazishib, 1 oy ichida belgilangan summaning 6 milliard soʻmdan oshigʻini yigʻishibdi. Qolgan 18 milliard soʻmini rossiyalik milliarder Vladimir Lisin toʻlab beribdi. Qizchaning ota-onasi aktsiyada qatnashgan barcha ishtirokchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishibdi.

Endi asosiy mavzuga qaytsak. Oʻzbekistonda ham sahovatli insonlar yordamiga muhtoj minglab ogʻir bemor insonlar va uysiz, boshpanasi yoʻq insonlar keraklicha topiladi. Feysbuk tarmogʻida ham deyarli har kuni bunday yordamga muhtoj insonlarning murojaatlarini koʻrib kelamiz. Oʻzbekistonda ham yetarlicha milliarder insonlar topiladi. Lekin ularda sahovat YOʻQ!!!

Ular oʻz mablagʻlarini koʻpaytirish uchun oʻzlariga mos keladigan qaror va farmonlarni ishlab chiqarishib, mahsulotlarini oʻz xalqiga 2-3 barobar qimmatga sotish bilan bandlar. Ayrimlari Yutubdagi kanalimga aʼzo boʻlib izoh qoldirsalaring, Ayfonni soʻnggi modelidan beraman deb roliklar chiqarishadi.

Ayrimlar falon pul pora toʻlab navbat olib, Haj amalini bajargani borishadi. Lekin yon-atroflarida bir burda nonga zor insonlarni koʻrishmaydi.

Ogʻir kasal boʻlib koʻrpaga mixlangan qoʻshnilariga eʼtibor qilishmaydi.

Uysiz, boshpanasiz qolgan nochor oilalarni koʻrishmaydi.

Rosti men bundayin xasis va ziqna boylardan nafratlanaman.

Iymonim bor, deb maqtangan insofsizlarni hech qachon tushunmayman.

Bir qilgan yaxshiliklariga 10 barobardan 70 barobargacha aniq qaytishiga ishonmaganlarni hech qachon tushunmayman.

Bu dunyoda odamdan yaxshilik qoladi, doʻstlarim. Barchamiz hayotimiz davomida qoʻlimizdan kelganicha yaxshilik qilaylik, azizlar! Barchamizni mehr-oqibat tark etmasin!

Bobo TOʻRAYEV

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.