18 +  RSS  E-mail
13:16, 20 02 2020

Seminar agrokompleksda suvni tejovchi sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash amaliyotiga bagʻishlandi


Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 oktyabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4499-sonli qaroridan kelib chiqib, agrar sohada suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini keng joriy etish, ulardan foydalanish va texnik xizmat koʻrsatishga bagʻishlangan oʻquv-seminari tashkil qilindi. Unda institut ilmiy tadqiqotchilari va talabalar, “Amu-Buxoro” irrigatsiya tizimlari hamda qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari mutasaddilari, viloyatdagi paxtachilik-toʻqimachilik klasterlari korxonalarining mutaxassislari qatnashdilar.

Seminarda respublika Suv xoʻjaligi vazirligi masʼullari, boshqarma boshligʻi Otabek Sobirov hamda boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Umid Joʻrayevlar,  “Amu-Buxoro” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi Erkin Fayzullayev, shuningdek, viloyat hokimligi apparati qishloq xoʻjaligi kotibiyati mudiri Nasriddin Mahmudovlarning kun tartibidagi mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi. Sohada qoʻllana boshlangan ilgʻor texnologiya samarasi va afzalligi xususida hosil yetishtirishda tomchilatib sugʻorishni joriy qilayotgan “AGRO NEW DRIP” MChJning ish tajribasi misolida batafsil tushuncha berildi. Seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan qator savollarga javob oldilar.

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.