18 +  RSS  E-mail
12:10, 18 02 2020

Buxoro shahrida “E`tiqod Comedo Mebel” ish boshladi


Shinam mehmonxona, yotoqxona, bolalar xonasi va oshxona uchun zamonaviy va takrorlanmas bichimdagi mebel, ishonchli hamkorlik, qoʻl mehnati, mustahkam va sifatli konstruktsiya, koʻp yillik pishiq yogʻochdan kafolatlangan mahsulotlar — divan-kreslo, stol — stul, yumshoq oʻrindiq, oynavand shkaflar va boshqa inter’erlar — “E`tiqod Comedo Mebel”da! Toʻgʻri, bozorda unga turfa assortimentdagi raqobatchilar ham juda koʻp. Ammo “E`tiqod Comedo Mebel” oʻttiz yildan oshiq  tarix va koʻp yillik kafolat degani. Poytaxtda oʻziga xos oʻrni va mavqeiga ega korxona endilikda Buxoro shahrida ham oʻz filialini ochdi.

— Turdi Farogʻiy koʻchasining mana shu, biz turgan oʻrni ikki yil burun qarovsiz va noobod joy edi,-dedi ikki qavatli muhtasham obʼektning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Buxoro shahar hokimi Karim Kamolov. — Xususiy tadbirkor, filial rahbari Joʻrabek Sherov va uning qoʻli ostidagilarga, quruvchilarga rahmat, bir yildan oshiq muddatda tashlandiq hudud obod maskanga aylantirildi. Loyihaning birinchi bosqichida 8 kishi ish bilan taʼminlandi.

Masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E`tiqod Comedo Mebel” firmasi nafaqat yurtimiz, balki qoʻshni Qozogʻiston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya va boshqa davlatlar bozorlariga ham kirib borib, oʻz mahsuloti bilan eksport salohiyatini kuchaytirmoqda. Viloyatimiz markazida ishga tushirilgan filialda ham rivojlangan mamlakatlar mebellarini keltirib sotish barobarida hademay, mahalliy pishiq va sifatli mebel ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda xaridorga taklif etilayotgan har bir inter’er oʻziga xos sanʼat asari darajasida desak, mubolagʻa emas.

Alvon lenta kesilgach, yigʻilgan mehmonlar va xaridorlar majmua va unda sotuvga qoʻyilgan keng assortimentdagi mahsulot bilan tanishdilar.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.