18 +  RSS  E-mail
12:15, 18 02 2020

Bulungʻurda yer maydonini 300 million soʻmga sotmoqchi boʻlgan fermer qoʻlga olindi


Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro Z.A. ariza bilan murojaat qilib, Bulungʻur tumani Fozil Yoʻldosh nomli mahallada yashovchi fermer xoʻjaligi boshligʻi boʻlib ishlovchi “M” ismli shaxs oʻzining fermer xoʻjaligiga qarashli yer maydonidan unga baliqchilik bilan shugʻullanishi uchun 20 gektar yer maydonini 300 million soʻmga sotishga kelishib, oldindan 50 million soʻm miqdordagi pullarni talab qilganligini maʼlum qilib, “M” ismli shaxsga nisbatan chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur arizaga asosan Samarqand viloyat IIB jinoyat-qidiruv boshqarmasi korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Bulungʻur tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1960 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, oliy maʼlumotli, M.A. xizmat mavqeidan foydalanib ariza muallifi Z.A. dan 300 million soʻmdan 50 million soʻm miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan Bulungʻur tuman ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan M.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.