18 +  RSS  E-mail
10:30, 13 02 2020

Xabaringiz bormi — Toshkent viloyatida togʻlar oʻsyapti


Viloyatning tabiati juda goʻzal va takrorlanmasdir. Ayniqsa, hudud yuqori seysmik darajasi bilan ajralib turadi. Buning sababi shundaki, bugungi kunda ham togʻ paydo boʻlishi va oʻsishi jarayoni davom etmoqda. Yer qimirlashlari aynan shuning oqibatida kelib chiqadi. Chirchiq va Ohangaron havzalarida kuchli yer osti silkinishi boʻlib turadi.

Viloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari Qurama, Piskom va Ugom togʻlari bilan oʻralgan. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Adelung togʻi boʻlib, uning balandligi 4301 metrdan ziyodroq. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi Chirchiq-Ohangaron vodiysidan iborat.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.