18 +  RSS  E-mail
11:23, 28 01 2020

60 ta avtobus urgutliklarga xizmat koʻrsatish uchun yoʻlga otlandi


Olis qishloqlardan tumanlar markazlarigacha yoʻnalishlarda aholiga zamonaviy transport xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish va infratuzilmasini yaxshilash maqsadida “Avtotransport Urgut” davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

Korxonaga Transport vazirligi va bank krediti mablagʻlari hisobidan 60 ta “Isuzu” rusumli avtobuslar sotib olindi.

Tuman aholisining jamoat transportlariga boʻlgan ehtiyoji oʻrganilib, qishloqlarni tuman markazi bilan bogʻlovchi 12 ta, Samarqand shahriga 5 ta yoʻnalish tashkil etildi.

Bugun mazkur yoʻnalishlarda qatnovchi avtobuslar Samarqand shahridan Urgut tumani qishloqlari tomon yoʻl oldi.

Shu munosabat bilan Koʻksaroy maydonida tadbir tashkil etildi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.