18 +  RSS  E-mail
11:01, 27 01 2020

Chempion sportchi-oʻquvchilar oliy oʻquv yurtlariga davlat granti asosida, imtihonsiz qabul qilinadi


2020 yil 24 yanvar kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, 2020 yil 1 fevraldan boshlab olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda gʻolib va sovrindor (1-3 oʻrin) boʻlgan sportchi-oʻquvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy taʼlim muassasalariga (tibbiyot yoʻnalishidan tashqari) qoʻshimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.