18 +  RSS  E-mail
15:14, 16 01 2020

Ular shunday oʻldilar!


Bir guruh olimlar tadqiqot oʻtkazishibdi. Maqsad: mashhur xudosizlar oʻlimlari oldidan nima deyishganini aniqlash.

Mana natijalar:

(oʻqiyotganda “tavba, tavba” deb tursak yaxshi boʻladi, deb oʻylayman)

Fridrix Nitsshe.

Esini yoʻqotib qoʻygan. Kuchukday hurib temir qafas ichida jon bergan.

Vol’ter. Buyuk masharachi.

Yakuni mudhish boʻlgan. Tun boʻyi kechirilishini soʻrab dod solib chiqqan. Hamshirasining soʻzlari: “Evropaning hamma pulini bersa ham Vol’terning oʻlimidek oʻlimni koʻrishni istamayman”.

David X’yum — ateist.

Oʻlimi oldidan tinimsiz: “Men olovning ichidaman!” deb dod solgan. Alami dahshatli boʻlgan.

Napoleon — imperator.

Uning tabibi quyidagini yozgan: “Imperator yolgʻizlikda, hamma uni tashlab ketgan xolda oʻldi. Uning oʻlim bilan olishuvi mudhish boʻldi…”

Karl IX.

“Men halok boʻldim! Men buni tushunib turibman”.

Gobbs — ingliz faylasufi.

“Men mudhish zulmatga sakrash oldida turibman”.

Lenin.

Esi ogʻgan xolda oʻldi. Stol, stullardan gunohlari uchun kechirim soʻragan… Qarang-ki, u millionlab odamlar uchun rahnamo va ideal boʻlgan!

Yagoda. Sovet yashirin politsiyasi boshligi.

“Xudo mavjud boʻlishi kerak! U meni gunohlarim uchun jazolayapti”.

Zinov’ev: — Leninning hamrohi. Stalin buyrugʻi bilan otib tashlangan. “Quloq tut, Isroil, Xudomiz — Yakka Xudodir!” — bu ateistik davlat rahbarlaridan birining oxirgi soʻzlari.

Yaroslavskiy. Internatsional ateistik harakati prezidenti: “Oʻtinaman, kitoblarimning hammasini yoqib yuboring! Muqaddasga bir qarang! U anchadan beri meni kutyapti. U shu yerda!”

Djon Lennon. Mashhurligining choʻqqisi (1966 y.) paytida Amerikaning yetakchi jurnaliga bergan interv’yusida Iso alayhissalom toʻgʻrisida: “Bugun biz undan mashhur boʻlib ketdik!” degan. Ajablanarlisi — uni otib oʻldirgan qotil uning aynan mashhurligini tortib olishni, yaʼni mashhur odamning qotili sifatida mashhur boʻlishni, maqsad qilgan ekan.

Braziliya siyosatshunosi Tankredo di Ameydo Neves. Saylov paytida:

“Agarda men 500.000 ovoz olsam hatto Xudo ham meni prezidentlik lavozimidan tushira olmaydi!”, degan.

U shuncha ovoz oldi. Ammo prezident boʻlishidan bir kun oldin kasal boʻlib oʻldi.

Braziliyalik kompozitor, qoʻshiqchi, shoir. Rio de Janeyroda oʻtkazilgan shouda sigaretasining tutunini osmonga puflab: “Bu senga, Xudo!”, dedi. 32 yoshida SPIDdan halok boʻldi.

Titanikni yasagan injener. Yasash ishlari yakunlangandan keyin reportyorlar kemaning qay darajada havfsiz ekanligini soʻrashganda: “Endi uni Xudo ham choʻktira olmaydi!”, degan ekan. Albattab har bir kishi kema bilan nima sodir boʻlganini juda yaxshi biladi.

Pus tilidan Muhammadshakur tarjimasi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.