18 +  RSS  E-mail
15:12, 16 01 2020

Qashqadaryo viloyatida 50 ta MTTlar ochiladi


Qashqadaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan ayni vaqtda katta tadbir amalga oshirilmoqda.

Bu yerda 50 ta maktabgacha taʼlim tashkilotining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ulardan 16 tasi davlat, 34 tasi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir. Ushbu MTTlar ochilishi bilan 3-7 yoshdagi 2905 nafar bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinadi shuningdek, 170 nafar fuqaro doimiy ish oʻrniga ega boʻladi.

2020 yilda viloyatda 455 ta MTTlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu MTTlarining ishga tushishi hozirgi 110532 nafar qamrovni 138759 taga, yaʼni 38.7 foizdan 47.6 foizga oshiradi.

Ushbu MTTlarda 1100 ta boʻsh ish oʻrinlari yaratiladi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.