18 +  RSS  E-mail
11:22, 14 01 2020

Nosoz oqava quvuri yamaldi va quduq tozalandi


Ijtimoiy tarmoqlarda viloyatning Alpomish koʻchasi, 5-A uyda yashovchi bir guruh fuqarolar nomidan suvoqava tizimida avariya kelib chiqib, quvur yorilib, atrofga iflos suv sizib chiqayotgani, hech kim bu holga eʼtibor bermayotgani haqidagi shikoyat tarqatildi.

Murojaatchilarning noroziliklaridan ayon boʻlishicha, bu borada yuqori idoralarga, jumladan, “Suvoqava” korxonasiga ham bir necha marotaba bildirilgan, telefon qoʻngʻiroqlari qilingan, ariza berilganiga qaramay, quruq gapdan nariga oʻtilmayotgani, muammo bartaraf etilmayotgani tanqid ostiga olingan.

Nihoyat, murojaat bevosita masʼul korxonasining avariya-tiklash guruhi tomonidan hal qilindi. “Sitora” mashina bozori yaqinidagi chorrahada joylashgan va oqavadan toʻlib, nosozlik tufayli yoʻlga sizib yotgan qoʻlansa suv nasos bosimi ostida tortib tashlandi. Oqavaning bu yerdagi koʻp qavatli uy yertoʻlasiga oqishi holati toʻxtatildi. Kanalizatsiya quvuri oʻtkazilgan tarmoqning nosoz va yorilgan oʻrni yamab tashlandi va atrofga qoʻlansa hid tarqalishiga chek qoʻyildi.

Buxoro shahar “Suvoqava” davlat unitar korxonasi maʼmuriyati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.