18 +  RSS  E-mail
11:28, 14 01 2020

Fargʻona viloyatida 5230 gektar maydonda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari joriy qilinadi


Oʻtgan yilda Fargʻona viloyatida 1 ta paxta toʻqimachilik klasteri va 13 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 331 gektar paxta maydonida tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilindi. Ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida 2 milliard 496 million soʻm miqdorida subsidiya toʻlab berildi.

Tomchilatib sugʻorish texnologiyasiga oʻtgan fermerlarning paxtadan yuqori hosil olgani, ularga subsidiyalar belgilangan tartibda toʻlanganini koʻrgan-bilgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari yangi texnologiyaga oʻtish uchun murojaat qilishmoqda.

— 2020 yilda viloyat boʻyicha jami 5230 gektar yerda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari joriy qilinadi, shundan 4820 gektarini tomchilatib, 310 gektarini yomgʻirlatib va 100 gektarini pul’sar sugʻorish tizimi tashkil etadi, — deydi Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi Allamjon Fozilov. — Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish istagini bildirgan klaster tashkilotlari va fermer xoʻjaliklarining roʻyxatini shakllantirib, pudrat shartnomalari rasmiylashtirib boʻlindi. Yangi texnologiyalar asosan suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlarda oʻrnatiladi.

Shu kunga qadar “Tomosha agro eksport”, “Omad Start”, “REEL teknik muhendislik”, “Agro Boss”, “NETAFIM”  kabi quruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzgan klaster tashkiloti va fermer xoʻjaliklari tomonidan 3000 gektar maydonda yangi texnologiyalarni joriy etish uchun tijorat banklariga ariza va talabnomalar kiritildi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.