18 +  RSS  E-mail
14:09, 13 01 2020

Yongʻin bartaraf etildi


Navoiy kon-metallurgiya kombinati Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan muhofazaga olingan obʼektlarda oʻtkazilayotgan kasb mahorati va malakasini oshirish boʻyicha yongʻin oʻchiruvchilarning favqulodda vaziyatlarni tez fursatlarda bartaraf etish boʻyicha oʻquv taktik mashgʻulotlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Ana shunday maxsus oʻquv taktik mashqlaridan biri Navoiy sanoat maydonidagi kombinatning “Navoiy mashinasozlik” zavodi ishlab chiqarish birlashmasida oʻtkazildi.

Unda kombinatning tez tibbiy yordam xizmati, harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati obʼektda tashkil etilgan koʻngilli yongʻin oʻchirish drujinalari va NKMK YoXBning masʼul xodimlari va jangovar ekipajlari ishtirok etishdi.

Yongʻin bartaraf etilib, jabrlanganlarga tibbiy xizmat koʻrsatildi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.