18 +  RSS  E-mail
13:48, 10 01 2020

Mirzachoʻl tumanida 387 million soʻm pullarni oʻzlashtirgan bank xodimi qamoqqa olindi


Fuqaro A.Dadayev (ism-shariflar oʻzgartirilgan) AT “Xalq banki” Mirzachoʻl filialida ishlagan davri mobaynida turmush oʻrtogʻi T.Soatova nomiga “Nurli Istiqbol” MChJ tashkil qilib, MChJni ishonchnoma orqali oʻzi boshqarib kelib, Mirzachoʻl tumani, Toshkent QFYda yashovchi fuqaro V.Davletova 04.04.2019 yilda Milliy bank Mirzachoʻl tumani filiali tomonidan 20 mln. soʻm kredit olayotganligini bilib, kredit mablagʻini qoʻlga kiritish maqsadida ajratilgan 20 mln. soʻm kredit mablagʻini “Nurli Istiqbol” MChJ hisob raqamiga tushirib olishga erishib, evaziga mahsulot yetkazib bermasdan kredit mablagʻlarini oʻzining ehtiyojiga ishlatib yuborgan.

Oʻz jinoiy harakatlarini A.Dadayev shu zaylda davom ettirib, G.Inagamovning 29 mln. soʻm, R.Barnoyevaning 10 mln soʻm, U.Saliyevning 112 mln. soʻm, B.Inagamovning 38 mln. soʻm, K.Olimovning 80 mln. soʻm va boshqa fuqarolarning jami boʻlib 387 mln. soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudi tomonidan 2019 yil 27 dekabrь kuni A.Dadayev oʻzining yuqoridagi takroran firibgarlikda ifodalangan gʻayriqonuniy harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Maqsud RAYIMOV, jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudining raisi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.