18 +  RSS  E-mail
13:11, 09 01 2020

Samarqandning iqtisodiy koʻrsatkichlari, istiqboldagi rejalar haqida talabalarga maʼlumot berildi


Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakul’tetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Jamshid Oʻroqovning “Samarqand viloyatida 2019 yilda amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar” toʻgʻrisidagi tahliliy maʼruzasi tinglandi.

Maʼruzachi oʻz maʼruzasida viloyatda yalpi hududiy maxsulotning oʻsishi, qishloq xoʻjaligi klasterlarining oʻrni, bandlik masalalari, aholi turmush darajasi, turizmni rivojlantirish, tashqi savdo aylanmasi masalalariga atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.