18 +  RSS  E-mail
14:53, 25 12 2019

Olotda tadbirkor xaridorni “uxlatdi”, ammo…


Isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini yanada yuksaltirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan baʼzi tadbirkorlar tomonidan isteʼmolchilar huquqlarini poymol etish holatlari uchrab turibdi. Bunday holatlarning soni kundan-kunga ortib borayotgani achinarli.

Olot tumanida istiqomat qiluvchi Sh.Gasonova kir yuvish mashinasini xarid qilish maqsadida maishiy texnika doʻkoniga borib, “Artel” yorligʻi ostida ishlab chiqarilgan kir yuvish mashinasini tanladi. Tadbirkorga 1 million 300 ming soʻm naqd pul sanab berib, xarid cheki ham talab qilmasdan uyga shoshildi. Uyga borgach, tanlovda adashganligini angladi. Chunki kir yuvish mashinasi nosoz edi.

Tadbirkorga bu borada arz qilishi foyda bermadi. Xaridor Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilishga majbur boʻldi.

Olot tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan holat oʻrganilib, shu kunning oʻzidayoq nosoz kir yuvish mashinasi tadbirkorga, 1 million 300 ming soʻm isteʼmolchiga qaytarildi.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.