18 +  RSS  E-mail
15:10, 23 12 2019

Oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi


Guliston shahrining “Madaniyat” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-sonli oilaviy polialinika “Madaniyat”, “Maʼnaviyat”, “Ulugʻ yoʻl” mahallalarida istiqomat qilayotgan 14 ming 77 nafar fuqaroga xizmat koʻrsatib kelayotgan edi.

Joriy yilda mazkur muassasa “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilib, 777 million soʻmlik byudjet mablagʻi hisobiga pudratchi tashkilot “Muzaffar Partnyor Servis” xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan qayta rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Binoning ochilish marosimida Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Rustam Yoʻldoshev hamda viloyat va shahar tibbiyot muassasalarida ishlayotgan tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar poliklinika binosini koʻzdan kechirib, yangi keltirilgan jihozlar va yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.