18 +  RSS  E-mail
15:04, 23 12 2019

Abituriyentlar uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, topshiriqlar soni hamda ularni baholash mezonlari tasdiqlandi


Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2019 yil 20 dekabrdagi 11- son bayoni bilan 2020/2021 oʻquv yili qabulidan respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2020/2021 oʻquv yili qabulidan test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki boʻlimga ajratiladi:

birinchi boʻlimga — barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi fanlari kiritiladi. Mazkur uchala fandan 15 tadan jami 45 ta test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri javobga 2,1 ball beriladi, maksimal ball — 94,5 ball.

Ikkinchi boʻlimga — abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos ikkita fan kiritiladi.

Har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test savoli beriladi. Har bir toʻgʻri javob 3,1 ball bilan baholanadi. Maksimal ball — 186 ball.

Keyingi oʻquv yili qabulida abituriyentga 5 ta fan boʻyicha jami 105 ta test topshirigʻi beriladi. Toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball — 280,5 ball.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.