18 +  RSS  E-mail
10:54, 18 12 2019

Tokio va Nagoya koʻchalaridagi LED-ekranlarda Oʻzbekistonning turistik salohiyati namoyish etilmoqda


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Yaponiyaning Nagoya hamda Tokio shaharlarining sayyohlar va mahalliy aholi eng gavjum koʻchalarining markazlarida joylashgan LED ekranlarda Oʻzbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan videoroliklar namoyishi tashkillashtirildi. Ushbu videorolikda mamlakatimiz turistik shaharlarining jozibadorligiga alohida urgʻu berilgan. 

Shuningdek, ushbu videroliklarning namoyishidagi yana bir eʼtiborli jihati shundaki, namoyishning aynan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiya davlatiga amalga oshirayotgan oliy darajadagi tashrifi doirasiga toʻgʻri kelganidir.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston-Yaponiya turizm sohasidagi aloqalarining oʻzaro rivojlanishi mamlakatimizga kunchiqar mamlakatdan sayyohlar oqimini oshishiga hamda yurtimizga turizmdan olinadigan daromadlarning yanada koʻpayishiga olib keladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.