18 +  RSS  E-mail
10:52, 18 12 2019

Prezident Aichi prefekturasi gubernatori bilan uchrashdi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi dasturi 18 dekabr kuni tongda Aichi prefekturasi gubernatori Xideki Omura bilan uchrashuvdan boshlandi.

Mamlakatimiz va Aichi prefekturasi oʻrtasida taʼlim va madaniyat sohasidagi samarali muloqotlar yoʻlga qoʻyilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Innovatsiyalar, sanoat, qishloq xoʻjaligi va qoʻshma agroklasterlar tashkil etish, turizm, akademik almashinuv sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni ilgari surish uchun imkoniyatlar mavjudligi alohida taʼkidlandi.

Oʻzbekiston tomonidan prefekturaning sherigi etib Toshkent viloyati belgilandi.

Oʻzaro tashriflarni tashkil etish va Aichidan aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.