18 +  RSS  E-mail
11:42, 03 12 2019

Jizzax shahrida bojxonachilar qiymati 110 million soʻmdan ortiq noqonuniy televizorlarni toʻxtatib qolishdi


Noqonuniy yoʻllar bilan yurtimizga olib kirishga urinilgan sifatsiz tovarlarni toʻxtatish va ularning savdosiga qarshi kurashish maqsadida bojxona organlari tomonidan keskin choralar koʻrib kelinmoqda va bu ishlar oʻzining samarasini beryapti.

Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari viloyat IIB YHXB vakillari bilan hamkorlikda Jizzax shahrida tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tadbir davomida “Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro S.S boshqaruvidagi “Isuzi” rusumli yuk avtoulovi toʻxtatilib,  koʻzdan kechirilganida, mashina yukxonasida hech qanday hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, dastlabki qiymati 112 million soʻmdan ortiq  97 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.