18 +  RSS  E-mail
14:44, 02 12 2019

Yangiyoʻlda besh mingdan ziyod aholiga xizmat koʻrsatadigan QVP foydalanishga topshirildi


Respublikada sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi oʻlaroq, tibbiyot sohasida ham bir qator yangilanishlar roʻy bermoqda.

Ayniqsa, Prezident Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 1-3 iyunь kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha Yangiyoʻl tumanida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishni tashkil etish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, tumandagi barcha qishloq oilaviy poliklinikalari va vrachlik punktlarini toʻliq qayta rekonstruktsiya qilish maqsadida koʻplab mablagʻ yoʻnaltirildi. Ushbu mablagʻ bilan 100 nafar bemorga tibbiy xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻlgan «Doʻstlik», 75 oʻrinli»Ozod» qishloq vrachlik punktlarini qaytadan bunyod etish koʻzda tutilgan. Tumanning «Umid» mahalla fuqarolar yigʻini ahliga tibbiy xizmat koʻrsatib kelayotgan «Navoiy» qishloq vrachlik punktining zamonaviy koʻrinishga kelishi esa investitsiya dasturiga asosan amalga oshiriladi.

Yangiyoʻlda joriy yilning uchinchi choragida barcha qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda boshlangan qurilish-taʼmirlash ishlari tugallanish arafasida. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan qutlugʻ sana arafasida 3 ta qishloq oilaviy poliklinikasi hamda 2 ta vrachlik punkti foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Respublikamizda inson va uning salomatligini asrash eng muhim vazifadir. Bu olis qishloqlar ahlining salomatligini saqlash maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida ham ochiq-oydin koʻzga tashlanmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.