18 +  RSS  E-mail
14:48, 02 12 2019

Vaʼda qilib, uni bajarmaslik firibgarlikning oʻzginasi emasmi?


Deputatlikka nomzodlarning dasturlari va vaʼdalarini yozib olish lozim . Agar ishonchingizni suiisteʼmol qilib, vaʼda berib, saylangach bajarmasa, saylov ovozingizni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan hisoblansa kerak. Bunday harakat esa firibgarlikka tenglashtirilib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmaydimi?

Xususan, firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulki (saylovchi ovozi)ni yoki oʻzganing mulki (saylovchi ovozi)ga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish — eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu turdagi xatti-harakat uchun bemalol sudga berib, vaʼdabozdan saylovchi ovozini penyasi bilan qaytarib olish balkim mumkindir.

“Xalk fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.