18 +  RSS  E-mail
13:38, 29 11 2019

“Ochiq eshiklar kuni”


Xonqa tuman Davlat xizmatlari markazining yangi binosida «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi. Unda kollej va maktab bitiruvchilari, shuningdek, yangi markaz binosini koʻrish maqsadida kelgan aholilar bilan gavjum boʻldi. Tashrif buyurganlar markaz faoliyati, unda  yaratilgan sharoitlar va xizmat turlari bilan yaqindan tanishdilar. Kitob mutolaasiga qiziquvchi oʻquvchi yoshlarimiz, markazda tashkil etilgan moʻʼjazgina kutubxonadagi kitoblarni oʻqishga kirishib ketishdi.                                                                                          

— Farzandimni maktabgacha taʼlim muassasiga qabul qilish boʻyicha ariza berishga kelgandim. Vaqtdan unumli foydalanish maqsadida oʻzim sevib oʻqiydigan Tohir Malikning «Shaytanat» asarini mutolaa qilyapman,- deydi Saida Rizayeva. — Markazda aholi uchun  yaratilgan sharoit va qulayliklarni koʻrib insonning koʻzi quvnaydi. Xodimlari ham xushmuomalali, doim qoʻllari koʻksida, murojaat qiluvchilarga labbay, deb turishadi. Navbat kutish chogʻimda shunga guvoh boʻlmoqdamanki, jahl bilan kelgan fuqarolar xursand boʻlib chiqib ketayotir.

Ana shunday tadbirlarning yana biri Urganch tuman Davlat xizmatlari markazida ham tashkil etildi. Unda Urganch tuman sanoat kolleji talabalari va Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakul’teti talabalari va markazga kelgan murojaatchilar ishtirok etishdi. Oʻquvchi yoshlarga internet tarmogʻidagi YAIDXP orqali davlat xizmatlarini olish yuzasidan amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi. Tadbirga tashrif buyurganlarni  qiziqtirgan savollariga markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Davlat xizmatlari markazi Xorazm viloyat boshqarmasi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.