18 +  RSS  E-mail
13:42, 29 11 2019

Namanganda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish koʻlami kengayadi


Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining kichik majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 oktyabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, kengaytirilgan oʻquv seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Seminarda NSITH boshqarmasi, viloyat qishloq xoʻjalik boshqarmasi boshliqlari, Suv xoʻjaligi vazirligidan viloyatga biriktirilgan vakillar, manzilli dasturga kiritilgan 2020 yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etadigan 200 dan ortiq fermer xoʻjaliklari rahbarlari, klasterlar, respublikada koʻzga koʻringan tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etayotgan “Green Agro” MCHJ, “Agroflast montaj servis” MCHJ, “EKO Drip”, “Agro Drip”, “Omad Start” va boshqa quruvchi pudratchi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.