18 +  RSS  E-mail
13:54, 29 11 2019

Davlat soliq inspektsiyasida qulay imkoniyatlar yaratildi


Bugungi kunda Guliston shahar xududida koʻp qavatli uylar, korxona va tashkilotlar barpo etilib, shahar axolisi yil sayin oshishi bilan bir qatorda, yaratilgan keng sharoitlar natijasida, soliq toʻlovchi yuridik va jismoniy shaxslar koʻpaymoqda. Shu sababli Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan, Guliston shahar davlat soliq inspektsiyasi binosining qayta kapital taʼmirlash ishlari olib borilgandan soʻng, idoraning ochilish marosimi tantanali ravishda nishonlandi.

Tadbir jarayonini Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev oʻz tabrik soʻzlari va ezgu niyatlari bilan boshlab berdilar. Tashrif buyurgan mexmonlarga rahbariyat tomonidan ekskursiya oʻtkazildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga kerakli barcha shart-sharoitlar yaratilib, kutubxona va elektron navbat xizmati tashkil etildi.

Ushbu qulayliklar xalqimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga va turmush darajasini oshishiga xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyati xokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.