18 +  RSS  E-mail
14:52, 28 11 2019

Termizda zamonaviy laboratoriya ish boshladi


Termiz shahrida Turkiyaning “Kanimed Healthcare” kompaniyasining “ALLES SAGLIK GROUP” Termiz markazi ofisi hamda “KANI-LAB” laboratoriyasi oʻz faoliyatini boshladi.

Eng zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan laboratoriyaning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimizning shu yil 16 apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ushbu loyiha viloyat aholisiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish borasida yanada qulayliklarni yaratdi.

Jumladan, endilikda mazkur laboratoriyada bir tomchi qondan 200 turdagi tahlilni amalga oshirish imkoniyati mavjud. 6000 hajmga ega avtomat biokimyoviy immunoanalizatorda qon zardobidagi barcha parametrlarni aniqlash mumkin.

Shuningdek, bu yerda allergik, oʻsma kasalliklarni, qon tarkibidagi turli xil mikroblarni erta aniqlash imkonini beruvchi eng zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan.

Avvallari bunday tahlillar faqat tibbiyot rivojlangan davlatlarda amalga oshirilar, fuqarolarimiz katta mablagʻ evaziga xorijiy davlatlardan shifo izlashardi.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.