18 +  RSS  E-mail
10:58, 14 11 2019

Sirdaryoda OOO “MIR teks” kompaniyasi bilan qoʻshma korxona ochilish takliflari koʻrib chiqildi


Guliston shahar hokimi Toʻlkinjon Tulyanovich Dadabayev boshchiligida, delegatsiya aʼzolari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahrida joylashgan OOO “MIRteks” kompaniyasiga tashrif buyurishdi.

Ushbu kompaniya trikotaj buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha eng oldi kompaniyalardan biri xisoblanadi. OOO “MIR teks” mashulotlarini rivojlantirish boʻyicha kompaniya direktori Ol’ga Sheremet’eva bilan suhbat oʻtkazildi.

Uchrashuv jarayonida kompaniya bilan hamkorlik qilish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, OAO “Yarstroytexnika” direktori Sergey Shcheldukov bilan suhbat oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu zavod qurilish materiallarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Kelajakda Sirdaryo viloyatida ham qoʻshma korxona ochilish takliflari koʻrib chiqildi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.