18 +  RSS  E-mail
11:00, 14 11 2019

Jizzaxda tadbirkorning “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida 79,3 mln. soʻmlik puli banklardan undirib berildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili tomonidan Jizzax viloyatida oʻtkazilgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabuli oʻtkazildi. Unda Gʻallaorol tumanida faoliyat koʻrsatuvchi “Texnika Lyuks” xususiy korxonasi rahbari L.Burxanovning ATB “Aloqa bank” va “Asaka bank” Jizzax filiallari, ATB “Xalq bank” va “Agrobank” Gʻallaorol tuman filiallari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib yozgan murojaati devon xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi.

Murojaatni oʻrganish jarayonida, “Texnika Lyuks” xususiy korxonasi tomonidan joriy yilning may oyida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida Gʻallaorol tumanida yashovchi fuqaro Soxiba Burliyevaga yetkazib berilgan tikuv mashinalari uchun jami 30 mln. soʻmlik kredit mablagʻi ATB “Aloqa bank” Jizzax filiali tomonidan;

may-iyul oylarida 11 nafar fuqaroga yetkazib berilgan tikuv mashinalari uchun jami 59,1 mln. soʻmlik kredit mablagʻlari ATB “Xalq bank” Gʻallaorol tuman filiali tomonidan;

may-iyun oylarida 2 nafar fuqaroga yetkazib berilgan tikuv mashinalari uchun jami 10,1 mln. soʻmlik kredit mablagʻi ATB “Asaka bank” Jizzax filiali tomonidan;

may-iyun oylarida 2 nafar fuqaroga yetkazib berilgan tikuv mashinalari uchun jami 10,1 mln. soʻmlik kredit mablagʻi ATB “Agro bank” Gʻallaorol tuman filiali tomonidan ajratib berilmayotganligi aniqlandi.

Devon xodimlarining qonuniy aralashuvi bilan xususiy korxona tomonidan 15 nafar fuqaroga yetkazib berilgan jami 79,3 mln. soʻmlik tikuv mashinalari uchun ATB “Asaka bank” Jizzax filiali, “Xalq bank” va “Agro bank” Gʻallaorol tuman filiallaridan kredit mablagʻlari ajratib berilishi taʼminlandi.

Shuningdek, ATB “Aloqa bank” Jizzax filiali tomonidan murojaatni oʻrganish davrida korxona tomonidan fuqaro S.Burliyevaga yetkazib berilgan mahsulot uchun, pul mablagʻi oʻtkazib berilmaganligi bois, holat boʻyicha zudlik bilan kredit mablagʻi ajratilishini taʼminlash yuzasidan ATB “Aloqa bank” boshqaruviga xat kiritildi.

Mazkur xatga asosan, S.Burliyevaga 30 mln. soʻm miqdoridagi kredit mablagʻi ajratilib, xususiy korxonaning xisob raqamiga oʻtkazib berilishi taʼminlandi.

S.USMANOV,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va  qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni bosh inspektori v.b.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.