18 +  RSS  E-mail
8:49, 08 11 2019

Xotin-qizlar ishga joylashtirildi


2019 yilning 9 oyida viloyat boʻyicha  21 ming 677 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirildi.

Shuningdek, 1 ming 317 nafar ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning bandligi alohida dastur asosida tashkil etildi. 1 ming 729 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati yoʻlga qoʻyildi va ular tomonidan 4 ming 425 ta ish oʻrinlari yaratildi.

Tijorat banklari tomonidan esa 2 ming 123 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik uchun 144 mlrd. 284 mln. soʻm kreditlar berildi. Shuningdek, xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan 405 nafar xotin-qizlarga 10 mlrd. 018 mln. soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Andijon viloyati hokimligida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov raisligida Andijon viloyatining chekka hamda infratuzilma yaxshi rivojlanmagan hududlarida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, joylarda oʻtkazilgan sayyor qabullarda fuqarolar, xususan xotin-qizlar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida oʻz takliflarini bildirgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda viloyatdagi masʼul viloyat tashkilotlari rahbarlari qatnashdi. 81 nafar fuqarolar 3 mlrd. 860 mln. soʻm qiymatiga ega boʻlgan loyihalarini taqdim etdilar. Ushbu loyihalar asosida tikuvchilik, oʻquv markazi, ayollar goʻzallik saloni, sport-sogʻlomlashtirish hamda yoshlarning boʻsh vaqtini toʻgʻri tashkil etishlariga koʻmaklashadigan koʻngilochar dam olish maskanlari tashkil etish hisobiga xotin-qizlar uchun 846 ta yangi ish oʻrinlari yaratish imkoniyati hisob-kitob qilindi. Tadbirda loyiha tashabbuskorlarining gʻoyalarini hayotga tadbiq etish uchun talab qilinayotgan ehtiyoj, talab va fikrlari oʻrganildi. Amalga oshirish zarur boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Har bir tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi va kengaytirmoqchi boʻlgan tadbirkorlarga oʻz istaklariga koʻra viloyatdagi tijorat banklari hamda masʼullar biriktirib berildi.

Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.