18 +  RSS  E-mail
8:56, 08 11 2019

Oqqoʻrgʻon — elektr energiyasi taʼminoti tiklandi


Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Toshkent: Yoʻl muammosi hal boʻlib ulgurmay, chiroq masalasi koʻndalang boʻldi» mazmunidagi murojaat oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida Oqqoʻrgʻon tumani Sulton Segizboyev xoʻjaligida joylashgan TP-289 transformatorida ob-havoning keskin sovib ketishi hamda isteʼmolning ortishi sababli nosozlik (qizib ketish) yuzaga kelgani aniqlandi. Tabiiy ravishda sodir boʻlgan bu nosozlik tufayli elektr taʼminotida uzilish holati kelib chiqqan.

Qisqa muddat ichida «Oqqoʻrgʻon TETK» ishchilari tomonidan transformator taʼmirlanib, elektr energiya quvvati tiklandi. Ayni damda aholiga elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilmoqda.

«Toshkent HETK» AJ matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.