18 +  RSS  E-mail
8:52, 08 11 2019

Jizzaxda hujjatsiz televizorlar toʻxtatib qolindi


Jizzax viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi hodimlari tomonidan viloyat IIV YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Doʻstlik tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida, tumanning “Manas” YPX maskanida harakatlanib ketayotgan fuqaro U.A. boshqaruvidagi “Isuzi” rusumli yuk mashinasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganida, uning yukxonasida hech qanday hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 20 dona, umumiy qiymati 37 mln soʻmlik televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.