18 +  RSS  E-mail
11:05, 07 11 2019

Oʻzbekistonda qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizm yaratiladi


Navoiy viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmining mohiyati va ahamiyati” mavzusida hududiy seminar oʻtkazilmoqda. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) ning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan birgalikda tashkil etildi.

Tadbirda Prokuratura, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash va Xalq taʼlimi tizimida faoliyat yurituvchi soha xodimlari hamda jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari va maxsus qabulxonalar, surunkali alkogolizmga, giyohvandlikka, ruhiy kasalliklarga chalinganlarni davolash uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan davolash profilaktika muassasalari, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar saqlanadigan muassasalar xodimlari ishtirok etdi.

Seminarning maqsadi — mahkumlarning va qamoqda saqlanyotgan shaxslarning huquqlari hamda erkinlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini Ombudsman rolini va uning davlat organlari bilan hamkorlik tartibini ochib berishdan iborat.

Shuningdek, ishtirokchilarni ushbu sohada amalda boʻlgan xalqaro huquqiy normalar va standartlaridan yaʼni BMTning qiynoqqa solishga va muomalada boʻlish hamda jazolashning boshqa shafqatsiz gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatini tahqirlovchi turlariga qarshi konventsiyasidan xabardor qilishdir.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.