18 +  RSS  E-mail
12:51, 05 11 2019

Zamonaviy issiqxonada gidroponika usulida mahsulot yetishtiriladi


Bugun “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasi tomonidan “Serasan Yapi Teknik” qishloq xoʻjaligi va injiniring issiqxonalar markazi bilan hamkorlikda Malikrabot qoʻrgʻoni hududida barpo etilgan zamonaviy issiqxona foydalanishga topshirildi. Mazkur majmua Gollandiya va Turkiya texnologiyalari asosida gidroponika usuli bilan pomidor yetishtirishga moʻljallangan.

Zamonaviy majmuaning umumiy maydoni 3,45 gektar boʻlib, uning 3,2 gektarini issiqxona, 0,25 gektar maydonida esa xizmat koʻrsatish inshootlari qad rostladi.

Loyiha qiymati qariyb 2 million 600 ming AQSh dollari boʻlgan issiqqxonani tashkil etish uchun “Turonbank”ning moliyaviy koʻmagi asosida 2 million 100 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratildi. Issiqxona faoliyatini boshlashi munosabati bilan 50 nafar mahalliy aholi ish bilan taʼminlandi. 

Majmuaning ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.