18 +  RSS  E-mail
12:55, 05 11 2019

Toshkentda 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash boʻyicha maktablarga zarur jihozlar topshirildi


Toshkent shahar prokuratura organlari tomonidan shahar hokimligi, shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning taʼlim olish sharoitlarini yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan videoselektordagi “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi topshiriq boʻyicha maktablardagi toʻgarak faoliyati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha shahar hokimligi tomonidan Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarini kerakli jihozlar bilan taʼminlash maqsadida jami 4 mlrd. soʻmdan ziyod pul mablagʻi ajratildi.

Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusni amalda joriy etish orqali  yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Xususan, 130 mingdan ziyod badiiy kitob, 500 dan ortiq musiqa asboblari hamda 400 ga yaqin tikuv mashinalari umumtaʼlim maktablariga topshirildi.

Tez kunlarda poytaxtimiz yoshlariga sport jihozlari, komp’yuter toʻplamlari va pishiriq pechlari ham yetkazilishi kutilmoqda.

Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.