18 +  RSS  E-mail
12:53, 05 11 2019

Tadbirkor qabuli — muammoga yechim topish uchun samarali usul


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qoʻllab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama ragʻbatlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan anʼanaviy tarzda haftaning har dushanba kuni «Tadbirkorlar qabuli» oʻtkazilib borilmoqda.

Viloyat hokimligi tomonidan Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida navbatdagi tadbirkorlar qabuli oʻtkazildi.

Qabulda ishtirok etish uchun 40 nafar tadbirkorlar tomonidan murojaat qayd etilib, qabulga qadar ularning 26 tasiga masʼullar tomonidan yechim qilindi.

Qabulda 14 nafar tadbirkorlarning murojaati birma-bir tinglanib, masalalarni hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga bir haftalik muddat bilan aniq vazifalar yuklatildi. Murojaatlar ijrosi viloyat hokimligi hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.

Davlatimiz rahbarining «Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosini taʼminlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganish va ularga huquqiy va amaliy yordam berishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli boʻlmoqda.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.