18 +  RSS  E-mail
12:54, 31 10 2019

Jizzaxda 100 mln soʻmdan ortiq qiymatdagi mahsulotlarning noqonuniy aylanishiga chek qoʻyildi


Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqarolar J.A., S.O. hamda M.Sh. toʻxtatilib, ularning yuklari belgilangan tartibda koʻzdan kechirilgan.

Natijada ushbu shaxslarga tegishli boʻlgan sumkalarda umumiy qiymati 51 million soʻmlik 600 dona shampun va 2402 dona gigiyenik dezodorant borligi aniqlangan.

Shuningdek, tadbir davomida yana bir qonunbuzarning qingʻir qilmishi fosh etilgan.

Doʻstlik tumanida harakatlanib ketayotgan, tezkor kuzatuvga olingan ISUZU rusumli yuk avtoulovi toʻxtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan oʻtkazilgan.

Natijada avtomashina yukxonasida fuqaro B.N.ga tegishli boʻlgan, hech qanday hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 62,3 million soʻmlik 49 dona televizor borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.